Foydalanish shartlari
Ushbu shartlar AdBrain xizmatidan foydalanish tartibini belgilaydi. Xizmat operatori — «WEBTECH» MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT (STIR 304 423 546). Ro'yxatdan o'tib yoki xizmatdan foydalanib, siz shu shartlarga rozilik bildirasiz.
1. Xizmat nima qiladi
AdBrain Instagram biznes akkauntingizga ulanadi va Direct xabarlari hamda izohlarga sun'iy intellekt yordamida javob yozadi, post va karusellar tayyorlab joylashga yordam beradi, statistikani yig'adi. Facebook reklama kabinetingizni ulasangiz — kampaniya natijalarini ko'rsatadi, sizning buyrug'ingiz bilan reklama yaratadi va postni reklama qiladi (boost), siz yaratgan qoidalar bo'yicha reklama to'plamlarini pauza qiladi yoki budjetini o'zgartiradi va Lead Ads leadlarini yig'adi. AdBrain reklamani faqat siz tasdiqlaganingizdan keyin ishga tushiradi va reklamalarni o'chirmaydi.
2. Hisob va mas'uliyat
- Hisobingiz xavfsizligi va parolingiz uchun siz javobgarsiz.
- Faqat o'zingiz egalik qiladigan yoki boshqarish huquqiga ega bo'lgan Instagram akkaunti, reklama kabineti va Facebook sahifasini ulashingiz mumkin.
- Bilimlar bazasi va mahsulotlar bazasiga kiritilgan ma'lumot to'g'riligi uchun siz javobgarsiz — AI javoblari aynan shu ma'lumotga tayanadi.
- Lead Ads orqali olingan shaxslarning ma'lumotidan qonun va Meta siyosatlariga muvofiq foydalanish uchun siz javobgarsiz.
3. AI javoblari va kontent haqida
Xizmat javob va kontentni avtomatik yaratadi. Javob yuborilishidan oldin tekshiruvdan o'tadi: bilimlar bazasida yo'q raqam, va'da yoki havola aniqlansa javob yuborilmaydi va suhbat operatorga topshiriladi.
Shunga qaramay avtomatik javob xato bo'lishi mumkin. Mijoz bilan tuzilgan kelishuv va berilgan va'dalar uchun mas'uliyat sizning zimmangizda qoladi. Muhim suhbatlarni (to'lov, shartnoma, shikoyat) operator nazorat qilishi tavsiya etiladi. Joylanadigan post va rasmlarni nashrdan oldin ko'rib chiqing: post faqat siz "Nashr etish"ni bosganingizda yoki jadval belgilaganingizda chiqadi.
4. Reklama yaratish va qoidalar
Reklama (yoki postni reklama qilish) siz byudjet, muddat va auditoriyani tanlab, "Ishga tushirish"ni bosganingizda yaratiladi. Reklama to'lovi Meta tomonidan sizning reklama kabinetingizga ulangan to'lov usulidan yechiladi — AdBrain bu pulni qabul qilmaydi va boshqarmaydi. Reklama Meta tekshiruvidan o'tmasligi yoki kutilgan natija bermasligi mumkin.
Yangi qoida sinov rejimida yaratiladi va faqat nima bo'lishini yozib boradi. Qoidani jonli rejimga o'tkazish — sizning qaroringiz; shundan keyin AdBrain qoida shartlari bo'yicha reklama to'plamini pauza qiladi yoki budjetini siz belgilagan chegaralar ichida o'zgartiradi. Reklama sarfi va natijalari uchun mas'uliyat sizda qoladi.
5. Tariflar va to'lov
- Xizmat oylik obuna asosida ishlaydi; narx va cheklovlar Tariflar sahifasida ko'rsatilgan.
- To'lov Payme, Click yoki karta orqali o'tkazma (chek bilan) qilinadi. O'tkazma chek tekshirilgandan keyin tasdiqlanadi.
- Kartani Click orqali ulasangiz, birinchi to'lov darhol, keyingi oylar esa obuna muddati tugashidan bir kun oldin shu kartadan avtomatik yechiladi. Avtomatik to'lovni yoki kartani "Tariflar va to'lov" sahifasida istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin. Karta raqami AdBrain'da saqlanmaydi — faqat Click bergan token va oxirgi 4 raqam.
- Avtomatik yechish o'tmasa, bir necha kun davomida qayta urinamiz va sizni xabardor qilamiz; to'lov kelmasa imtiyoz muddatidan keyin xizmat to'xtaydi.
- Obuna muddati tugasa, avtomatik javoblar va nashr to'xtaydi; ma'lumotlaringiz saqlanib qoladi.
6. Taqiqlangan foydalanish
- Spam yoki so'ralmagan ommaviy xabar yuborish
- Instagram Platform Terms, Meta Platform Terms va reklama siyosatlarini buzish
- Boshqa shaxs yoki tashkilot nomidan ish ko'rish
- Noqonuniy mahsulot yoki xizmat sotish
- Xizmatni buzishga, teskari muhandislikka yoki ruxsatsiz kirishga urinish
Bu shartlar buzilsa hisob ogohlantirishsiz to'xtatilishi mumkin.
7. Uchinchi tomon xizmatlari
Xizmat Meta (Instagram API, Marketing API), AI modellari provayderlari (asosan Google Gemini API), Telegram va to'lov tizimlariga tayanadi. Ularning ishlashidagi uzilishlar yoki siyosat o'zgarishlari AdBrain funksiyalariga ta'sir qilishi mumkin.
8. Kafolatlar
Xizmat "borligicha" taqdim etiladi. Uzluksiz ishlash yoki muayyan natijaga erishish kafolatlanmaydi.
9. To'xtatish
Hisobingizni istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin — tartib shu yerda.
10. Bog'lanish
Xizmat operatori: «WEBTECH» MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT
STIR: 304 423 546
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yunus Rajabiy ko'chasi, 62-57
Email: abbos2004off@gmail.com